"Manchester Siti" Sterlingni qishda "Barselona"ga qo'yib yubormaydi

Mirjalol Normatov
13 noya 2021
"Manchester Siti" qishki transferlar oynasi vaqtida Rahim Sterlingni "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas.

"ESPN" nashrining yozishicha, "shaharliklar" ustozi 26 yoshli yarim himoyachini jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko'rmoqda. Shu sababli "Man Siti" uni ketkazib yuborishga shoshilmaydi.

Sterling klubi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatib turibdi. Amaldagi kelishuv esa 2023 yilga qadar davom etadi. U qishga qadar asosiy vaqtini zaxirada o'tkazadigan bo'lsa, jamoadan kyetishni o'ylamoqda.

Ushbu mavsumda angliyalik futbolchi "Siti" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN