"Manchester Siti" "Shalke"ga Sane uchun 55 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2016, 13:14
"Shalke-04" yarim himoyachisi Leroy Zane faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi 19 yoshli nemis futbolchisi uchun 55 mln. evro to'lashga tayyor. Agar transfer amalga oshsa, Sane Angliya klubiga o'tgan eng qimmat nemis futbolchisiga aylanadi va Mesut Ozilning natijasini yaxshilaydi. 2013 yilda Ozil 50 mln. evro evaziga "Real"dan "Arsenal" klubiga ko'chib o'tgan edi.

Sane Germaniya chempionatining 17 uchrashuvida 4ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild