"Manchester Siti" sardori: "Abduqodir Husanov o'zidan faxrlanishi kerak"

Khoja
2 fev 2025, 15:53
"Manchester Siti" sardori Kevin de Bryuyne Abduqodir Husanov o'zidan faxrlanishi kerak deb hisoblamoqda.

"Abduqodir Husanov jamoamizda himoyachilar muammosi borligida "Chelsi"dek kuchli jamoaga qarshi debyut qildi. U dastlabki besh daqiqada qiyinchilikka uchradi. Biroq keyin hammasi joyiga tushib ketdi va ishonchli o'yin ko'rsata oldi.

Abduqodir 20 yoshida "Manchester Siti" kabi jamoada debyut qilgani va yaxshi o'yin ko'rsatganidan faxrlanishi kerak", - deb fikr bildirdi "shaharliklar" sardori.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: City Report