"Manchester Siti" Sanega o'rinbosar topdi

Alisher
29 iyun 2020
"Byornli" yarim himoyachisi Duayt Maknil "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

20 yoshli angliyalik futbolchi "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning transfer maqsadlaridan biridir.

Maknil "Bavariya"ga kyetishi kutilayotgan vinger Leroy Sanening o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda.

Duayt 2014 yilga qadar "Manchester Yunayted" akademiyasida to'p tepgan, shundan so'ng "Byornli"ga yo'l olgan.

Maknil joriy mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN