

Nashr xabariga ko'ra, tomonlar deyarli kelishuvga erishishgan. Aleksisning transferi 56,5 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda. Sanchesning shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi.
“Kanonirlar” shu sababdan ham futbolchini sotib yuborish haqida o'ylashyapti. 28 yoshli Sanches “Arsenal”dan yiliga 23,5 million evrolik maosh talab qilmoqda.




