"Manchester Siti" Rodrigo bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
17 avg 2025
"Manchester Siti" "Real"ning braziliyalik vingeri Rodrigo transferi bo'yicha poziciyasini ma'lum qildi.

Ingliz grandi braziliyalik futbolchi uchun talab etilayotgan 100 mln evroni faqat bir shart bilan to'lashga tayyor. "Shaharliklar" avvaliga Savinoni "Tottenxem"ga sotmoqchi. Avvalroq, "Siti" "shporlar"ning 70 mln evrolik taklifini rad etgani ma'lum bo'lgandi.

Agar Savino "Manchester Siti"ni tark etsa, klub Rodrigoga e'tiborini qaratadi. Avvalroq, Ispaniya matbuotida "Real"ning yangi ustozi Xabi Alonso futbolchidan umid qilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, Rodrigoning o'zi Madridda qolishga moyil.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com