"Manchester Siti" "Real" darvozaboniga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
2 avg 2024
Andrey Lunin APLga o'tishi mumkin.

Angliyaning "Manchester Siti" klubi Ispaniyaning "Real" jamoasi darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda "One Football".

Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" Luninni Saudiya Arabistoni chempionatiga kyetishi mumkin bo'lgan Ederson Moraes o'rniga nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Hozir "shaharliklar" 35 mln evro miqdoridagi taklif tayyorlamoqda.

Andrey Lunin 2023/24 yilgi mavsum "Real" safida 31 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol o'tkazib yuborgan, 12 ta uchrashuvda esa darvozani "quruq" saqlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: One Football