"Manchester Siti" qishgi transferlarda qancha mablag' sarflamoqchi ekani ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
3 yanv 2022, 20:43
"Manchester Siti" rahbariyati qishgi transfer oynasida yaxshigina pul sarflashni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi futbolchilar uchun 150 million funt (~180 million evro)ga ega bo'ladi.

Manbaning qayd etishicha, ko'rsatilgan mablag' vinger Ferran Torresning "Barselona"ga sotilgani tufayli moliyaviy feyr-pley doirasidan chiqmaydi.

Avvalroq "shaharliklar" Kataloniyaning "Barselona" yarim himoyachisi Gaviga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, Gvardiola anchadan buyon iqtidorli markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ispaniyalik murabbiy "Fiorentina"dan serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichni sotib olishni maqullaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News