"Manchester Siti" o'yinchilari koronavirusga chalindi

Alisher
7 sen 2020, 16:14
"Manchester Siti"ning ikki futbolchilari koronavirusga chalindi.

Himoyachi Emerik Laport va xavbek Riyod Mahrezlarning koronavirus uchun testlari musbat natijani ko'rsatdi.

Ikki o'yinchi ham Premer-liga va Buyuk Britaniyaning karantin borasidagi protokollariga amal qilgan holda o'zlarini izolyaciya qilishgan.

Ikkala o'yinchida ham koronavirus belgilari yo'q. "Man Siti" mavsumdagi ilk o'yinini APL 2-tur doirasida "Vulverxempton" (21 sentyabr)ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com