“Manchester Siti” Nasri bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi

10 dek 2013, 10:10
“Manchester Siti” klubi, yaqin kunlarda yarim himoyachi Samir Nasriga ikki yilga mo'ljallangan yangi shartnoma taklif etadi.

“Shaharliklar” Fransiya terma jamoasi futbolchisi bilan 2017 yilgacha hamkorlik qilishmoqchi, ammo uning maoshi avvalgidek haftasiga 150 ming funt bo'lib qolveradi, deb xabar beradi Goal.com.

Ta'kidlab o'tamiz, Nasrining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2015 yilning iyunigacha davom etadi.

Ushbu mavsum Angliya chempionatining 15 ta o'yinida ishtirok etgan yarim himoyachi 4 ta gol va 3 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.


Manba: sports.ru