"Manchester Siti" "Napoli" yarim himoyachisini kuzatmoqda

23 okt 2019, 21:40
"Manchester Siti" "Napoli"ning yarim himoya chizig'i vakili Fabian Ruisga qiziqmoqda, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubi skauti bugun, 23 oetyabr kuni neapolliklarning Chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Zalcburg" jamoasiga qarshi bahsga tashrif buyuradi. 

Avvalroq, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Ruis uchun kamida 180 mln evro taklif qilgan klublarning taklifini ko'rib chiqishga tayyor ekanini e'lon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Ispaniya termasi 5-sovrinini yutgan 21 yoshgacha Yevropa chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: theguardian.com