“Manchester Siti” “Napoli” futbolchisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

13 yanv 2019, 07:26
“Manchester Siti” o'z safini “Napoli” yarim himoyachisi Markes Allan bilan to'ldirishi mumkin.

Bu haqda Tuttomercatoweb xabar bermoqda.

Nashr xabariga ko'ra, ingliz klubi neapolliklarga 27 yoshli braziliyalik uchun 100 million evro taklif qilishga tayyor. Futbolchining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga etadi. Shuningdek, ushbu futbolchiga PSJ ham da'vogarlik qilmoqda.

Allan joriy mavsumda Italiya chempionatida “Napoli” safida 18 ta uchrashuvga maydonga tushgan. U klubda 2015 yildan buyon to'p tepib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb