"Manchester Siti" muxlisi 5 yil davomida stadionga tusha olmaydi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 21:12
Hujumchi Rahim Sterlingni irqiy kamsitgan "Manchester Siti" muxlisi jazolandi.

58 yoshli muxlis 2018 yilning dekabr oyida "Bornmut"ga qarshi o'yinda kiritilgan golni nishonlash chog'ida futbolchi tomon irqiy kamsituvchi imo-ishoralar ko'rsatgan.

Muxlis sudda o'sha pallada hissiyotlarga berilganini va qilgan ishidan pushaymon bo'lganini ma'lum qildi. Undan tashqari, Sterling ham ushbu kamsitishni ko'rmagan va bu holat videoga tushib qolgandi.

Sudning yakuniy qaroriga ko'ra, muxlis 5 yil davomida stadionlarga borishi taqiqlab qo'yildi. Shuningdek, 200 soat davomida u jamoat ishlarida qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express