"Manchester Siti" Messini kuzatmoqda. U tez orada jamoadan ketishi mumkin

Alisher
6 fev 2020, 13:10
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Manchester Siti" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Yaqinda "Barsa" sport direktori Erik Abidal va Messi o'rtasidagi kelishmovchilik sodir bo'ldi. "Manchester Siti" esa Messi atrofida bo'layotgan vaziyatni diqqatlik bilan kuzatmoqda.

Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan, ammo u mavsum so'nggida jamoadan tekinga ketish huquqiga ega. Xabarlarga ko'ra, Abidal bilan bo'layotgan vaziyat sabab Leo "Barsa"dan ketishi ham mumkin.

Messining "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabati sabab u "Barselona"dan ketgan taqdirda, argentinalik uchun kurashda yetakchi klub "Siti" bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN