"Manchester Siti" Maxrez o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
1 avg 2023
"Manchester Siti" short-listiga yana bir o'ng qanot hujumchisini qo'shib qo'ydi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar"ga Belgiya termasi va "Renn" futbolchisi Jeremi Doku kerak bo'lmoqda. Agarda "Renn" dastlabki taklifni o'ylab ko'rishga rozi bo'lsa, Dokuning transferi asosiy planga olib chiqiladi.

Shuningdek, Doku bilan birgalikda Maykl Odinse ham "Siti" nishonida bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Maxrez trebldan keyin "Al Ahli"ga o'tib ketdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano