"Manchester Siti" markaziy himoyachisini sotib yubordi

Mirjalol Normatov
22 avg 2025
"Manchester Siti" himoyachi Kallum Doylni Chempionship klubiga sotib yubordi.

21 yoshli markaziy himoyachi "Reksxem" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, "Siti" ushbu transferdan 7,5 million evro ishlab oladi. Undan tashqari klub o'z tarbiyalanuvchisining keyingi sotuvidan 25 foiz mablag' qabul qilib oladi.

Doyl o'tgan mavsumni "Norvich"da ijarada o'tkazdi va 40 o'yinda 1 gol va 8 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Wrexham_AFC