"Manchester Siti" "Liverpul"ga yetib olish uchun transferlarga 100 million evrodan ko'proq ajratadi

12 noya 2019, 20:10
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa tarkibini yangilashni rejalashtirmoqda.

"Daily Mail" nashri ma'lumotiga ko'ra, klub "Liverpul"ga yetib olish maqsadida bir qancha poziciyalarda o'zgarish qilmoqchi va transferlar uchun 100 mln evrodan ko'proq summa ajratishga tayyor. Pullar yozda yoki qishda berilishi ochiqlanmagan. 

"Shaharliklar" markaziy himoyachi izlashmoqda. Bundan tashqari, keyingi yil yozda jamoadan ketishi ma'lum bo'lgan David Silva, shunindek, Serxio Agueroga o'rinbosar futbolchilar ham olib kelinishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: dailymail.co.uk