"Manchester Siti" "Leyptsig" xavbeki Olmoni kuzatmoqda

Alisher
29 okt 2021, 14:00
"Manchester Siti" "Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining o'yini "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga yoqadi.

Olmo 2021/22 yilgi mavsum "Leyptsig" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Futbolchi ayni damda mushak jarohatini tiklamoqda. U "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira