“Manchester Siti” Kolarov uchun 6 mln funt olmoqchi

24 iyul 2013, 13:04
“Manchester Siti” klubida faoliyat olib borayotgan “Lacio” klubining sobiq himoyachisi Aleksandr Kolarov Angliya klubini tark etishi mumkin, deb xabar beradi xorij .

Serbiyalik qanot himoyachisiga Turkiyaning “Galatasaroy” klubi qattiq qiziqmoqda. “Siti” tarkibida Kolarov har doim ham asosiy tarkibga kiritilmagan. Klubning yangi bosh murabbiyi Manuel Pallegrini esa klub futbolchilarning ish haqini sal kamaytirishni rejalashtirgan. Serbiyalik futbolchining ish haqi haftasiga 90 000 funtni tashkil etadi, klub esa uni “Lacio”dan - 16 mln funtga sotib olgan edi.


Manba: www.championat.com