"Manchester Siti" Joau Kanselu bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
1 fev 2022, 15:21
"Manchester Siti" himoyachi Joau Kanselu bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

27 yoshli portugaliyalik futbolchining shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, endi u ikki mavsumga uzaytirildi - 2027 yilning yoziga qadar.

Kanselu "Man Siti"ga 2019 yilning yozida "Yuventus"dan 65 million evro evaziga o'tgan edi.

Himoyachi Manchester jamoasi tarkibida 106ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com