"Manchester Siti" Jezusga haftalik maoshi 100 ming funt bo'lgan shartnoma taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 16:16
"Manchester Siti" rahbariyati hujumchi Gabriel Jezusga yangi shartnoma taklif qiladi.

Ingliz klubidagilar braziliyalikning formasidan mamnun va uni yangi kelishuv bilan taqdirlamoqchi.

Gabriel Jezus hozirgi shartnomaga ko'ra, haftasida 70 ming funt ishlab topadi, ammo yangi bitimni imzolaganidan so'ng, uning haftalik daromadi 100 ming funtni tashkil qiladi. Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Joriy mavsum hujumchi APLning 10ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail