"Manchester Siti" ispaniyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
30 yanv 2020, 17:41
"Napoli" xavbeki Fabian Ruis qishda jamoani tark etishi mumkin.

23 yoshli ispaniyalik futbolchi bir qator Yevropaning top-jamoalari qiziqishiga sabab bo'lmoqda, shu jumladan "Manchester Siti"ni ham.

Shaxsan "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachini o'z safida ko'rmoqchi. Mutaxassis uni David Silvaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" xavbekiga shuningdek "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqmoqda.

Ruis joriy mavsum A Seriyada 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian