

Jironadagi “Munisipal de Montilivi” stadionida o'tgan bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 14-daqiqada yarim himoyachi Kristian Portuges hisobiga yozildi.
Takidlash joizki, mazkur bahsda “shaharliklar” tarkibida bir qator yetakchi futbolchilar maydonga tushishmadi. APLning 1-turida “Brayton”ga qarshi maydonga tushgan futbolchilar orasidan Danilo, Jon Stouns, rahim Sterling, Leroy Sane, Bernardu Silva, Nikolas Otamendi va Gabriel Jezuslar harakat qilishdi. E'tiborli tomoni “Jirono”ga qarshi “Siti” safida dekabr oyidan beri ilk marta jarohatdan qutilgan Ilkay Gyundogan ham maydonga tushdi.




