

Angliya kubogining finaliga "Kristal Pelas" va "Manchester Siti" klublari chiqqanidan xabaringiz bor. Final uchrashuvi 17 may kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Qizig'i 18 may kuni "Kristal Pelas" Angliya premer-ligasi 37-turi doirasida "Vulverxempton"ni qabul qiladi. "Siti" esa xuddi shu kuni "Bornmut"ni mehmon qiladi. Yani ikkala finalchi ham ikki kun ichida ikkita rasmiy o'yin o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda.

"Manchester Siti" rasmiy sayti esa 37-tur qachon bo'lishi noaniq deb yozgan.

Endi savol: PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "qaqqa qaravotti"?



