“Manchester Siti” himoyachisi “Fulxem”ga o'tdi

Tosin Adarabioyo faoliyatini London klubida davom ettiradi.

“Fulxem” “Manchester Siti”dan asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lgan himoyachi Tosin Adarabioyoni sotib oldi. Londonliklar futbolchi uchun 1,65 mln evro to'lagani aytilmoqda. 23 yoshli Tosin bilan 3+1 ko'rinishida shartnoma imzolangan.

Tosin Adarabioyo o'tgan mavsumni ijara asosida “Blekbern”da o'tkazdi. U Chempionshipda 34 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


Manba: “Фулхэм” расмий сайти