"Manchester Siti" himoyachisi faoliyatini "Milan"da davom ettiradi

Khoja
28 avg 2025
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akandji faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin.

Shveytsariyalik futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda. Milanliklar himoyachi uchun 15 million funt to'laydi.

Avvalroq, Manuel Akandjiga "Galatasaroy" qiziqish bildirgandi. Biroq himoyachi faoliyatini Turkiyada davom ettirishni istamadi..

Eslatib o'tamiz, Manuel Akandji 2022 yildan beri "Manchester Siti"da harakat qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlandi. Transfermarkt nashri himoyachini 28 million evroga baholagan. U o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 26 ta o'yinda maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru