"Manchester Siti" himoyachisi YCHLning uch o'yiniga chetlatildi

Mirjalol Normatov
28 yanv 2022
UEFA "Manchester Siti"ning YCHL 6-turi doirasida "Leyptsig"ga qarshi o'yinda Kayl Uokerning qizil kartochkasi borasida qaror chiqardi.

O'shanda angliyalik futbolchi raqibini qo'pollik bilan fol ishlatgan va urushib ketgandi.

Avvaliga 31 yoshli futbolchi bir o'yinga chetlatilgandi. Keyinchalik qaror uch o'yingacha cho'zildi.

Agarda "Siti" YCHL 1/8 finalidan o'tsa, Uoker chorak finalning ilk o'yinida ham qatnashmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com