"Manchester Siti" Hakimiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023, 18:07
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" 24 yoshli marokashlik futbolchiga Kayl Uokerning ketishi munosabati bilan qiziqish bildirishgan. Qolaversa, qishda "Bavariya"ga ijaraga berilgan Joau Kanselu ham jamoaga qaytmaydi.

Hakimi PSJda 2021 yildan beri o'ynaydi. Himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca