

Daily Mail xabariga ko'ra, "shaharliklar" hozirda 25 yoshli ingliz uchun kurashda favorit hisoblanadi.
Gap shundaki, "Siti" boshqa ko'pgina klublardan farqli o'laroq, xavbek uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga qodir.

Grilish joriy mavsumda "Aston Villa" tarkibida 23 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi.



