"Manchester Siti" futbolchisi "Vulverxempton"ga o'tish arafasida

Tolibjon Qosimov
9 avg 2018, 10:32
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko APL debyutanti "Vulverxempton"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, klublar kelishuv detallarini kelishib olishgan. "Bo'rilar" 21 yoshli ukrainalik uchun 17,75 mln evro to'lashi kutilmoqda. Zinchenko o'tgan mavsum "Man Siti" uchun barcha musobaqalarda 14ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports