"Manchester Siti" futbolchisi Shotlandiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
1 iyun 2020, 12:10
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo mavsum yakunlanganidan so'ng ingliz klubini tark etadi.

Futbolchiga Shotlandiyaning "Seltik" klubi da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda The Times Chile xabar bermoqda.

"Seltik" Bravo bilan shartnoma imzolanmagan taqdirda, boshqa darvozabonlar bilan bitim tuzishga urinadi. Shotlandlar bunday holatda Jo Xart va Ben Fosterlarning nomzodlariga e'tibor qaratishadi.

Chililik posbon joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times Chile