"Manchester Siti" futbolchisi kechagi uchrashuv hakamligini tanqid qildi

Khoja
5 mar 2026, 10:19
Bernardu Silva "Manchester Siti"ning "Nottingem Forest"ga qarshi o'yidagi hakamlikdan norozi bo'ldi.

"Biz bu mavsumda bunga ko'nikdik. Barcha bahsli vaziyatlar – bizga qarshi. Bu haqiqat. Men hozirgina Xoland bilan bog'liq vaziyatni ko'rdim. Menimcha, bu penalti. Kimdir boshqacha fikrda bo'lishi mumkin, lekin Erling u yerda nima qila olardi?

Biz bu mavsumda bunga ko'nikdik. Bu qanday ishlashini bilamiz. Bizning vazifamiz – yaxshiroq bo'lish, chunki bu narsalarni biz nazorat qila olmaymiz. Biz o'zimizning o'yinimizni nazorat qila olamiz – va shu narsaga e'tibor qaratishimiz kerak", – dedi "Siti" yarim himoyachisi TNT Sports efirida.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: TNT Sports