"Manchester Siti" futbolchisi "Beshiktosh"ga 2 million evro evaziga o'tishi mumkin

Alisher
27 iyun 2019, 15:33
"Manchester Siti" himoyachisi Elyakim Mangala faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli fransiyalik futbolchiga Istanbulning "Beshiktosh" klubi qiziqmoqda. "Shaharliklar" uni 2 million evroga sotishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Mangala 2014 yilda "Portu"dan 40 million evro evaziga xarid qilingan. Himoyachi bahorda "Siti" bilan shartnomasini 2020 yil yoziga uzaytirgan edi.

Mangala faoliyatini "Standard"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yildan "Portu" futbolchini xarid qilgan. 2014 yilda futbolchi "shaharliklar" e'tiboriga tushdi va u Angliyaga ko'chib o'tdi. "Manchester Siti" uni turli yillarda "Valensiya" va "Everton" klublariga ijaraga bergan.

Mangala 2013 yildan buyon Fransiya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Bola