"Manchester Siti" futbolchilari mavsumdagi 100-golini urdi

26 yanv 2020, 23:29
"Shaharliklar" Angliya kubogi 1/16 finalida "Fulxem" darvozasiga javobsiz 4 gol urdi.

Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlari joriy mavsum davomida 100-bor o'z raqiblari darvozasiga yo'l topdi. "Manchester Siti" davom etayotgan mavsum mobaynida bu natijaga erishgan kuchli beshlik chempionatlari orasidagi ilk klubga aylandi. 

Ma'lumot uchun, Gvardiola boshqaruvi ostidagi klublar ketma-ket ettinchi mavsum yuzlik dovondan oshdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC