"Manchester Siti" forvardi uchun "Real" va "Barselona" kurash olib boradi

Оқил Абдубарноев
19 okt 2023, 20:22
"Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya La Ligasiga yo'l olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 23 yoshli argentinalik futbolchi "Real" va "Barselona"ning radarida turibdi. Aytilishicha, Alvaresning atrofidagilar futbolchining Ispaniyaga o'tishi mumkinligini aniq aytishgan.

2023/2024 yilgi mavsum Xulian Alvares 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 80 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Xulian Alvares Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Radio Continental