"Manchester Siti" "Etixad"ni kengaytiradi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyul 2023
"Manchester Siti" uy stadioni "Etixad"ni kengaytirish va kapital ta'mirlash uchun ruxsatnoma oldi.

Shundan so'ng stadionning sig'imi 53 mingdan 60 mingga kengayadi. 

Shuningdek u erda tom balandligidagi nuqtada bar quriladi, usti yopiq fan zonaga 3000 nafar muxlis sig'adigan bo'ladi, klubning yangi do'koni ochiladi, muzey va 400 kishiga mo'ljallangan mehmonxona ish boshlaydi. 

Ta'mirlash ishlari kelasi yilning noyabrida boshlanadi va 2025/26 yilgi mavsumda yakunlanadi. 

Bu ishlarga klub 340 million funt sterling sarflaydi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/Football__Tweet