"Manchester Siti" yetakchi yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
Tolibjon Qosimov
29 noya 2017, 13:49
"ESPN"ning tasdiqlashicha, "Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi David Silva yaqin vaqtlarda klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Tomonlar 2020 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv shartlarini kelishib olishdi. Bunday holatda, Silva shartnomasining oxirigacha "shaharliklar" safida qolsa, faoliyatining 10 yilini shu yerda o'tkazgan bo'ladi.