"Manchester Siti" "Estudiantes"ning 17 yoshli o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqda

Alisher
3 dek 2020, 12:40
"Manchester Siti" "Estudiantes" yarim himoyachisi Dario Sarmentoning transferi borasida muzokaralarni yakunladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, angliyaliklar 17 yoshli futbolchi uchun 9 million evro sarflashdi.

Bitim narxi 19 millionga qadar ko'tarilishi mumkin - bitimda natijalar uchun bonuslar belgilangan.

Sarmento joriy mavsum Argentina Superligasi doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano