

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" posbon Ederson ketgan taqdirda uning o'rnini bosuvchi variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchiga "Al Ittihod" qiziqmoqda.
Parijliklar "Krasnodar"dan darvozabon Matvey Safonovni sotib olganlaridan keyin Donnarumma bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Rossiyalik futbolchi 14 iyun kuni Parij klubi futbolchisiga aylangandi.
Donnarumma 2021 yildan beri PSJda o'ynab kelmoqda. 25 yoshli italiyalik poytaxt klubi safida 114 ta o'yin o'tkazgan. Uning shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 mln evroga baholagan.



