"Manchester Siti" darvozaboni shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2024, 18:33
"Manchester Siti" darvozabon Shtefan Ortega bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.

Tomonlar ish haqi miqdori masalasida kelisha olishmadi. Orteganing fikricha, u asosiy tarkib a'zosi bo'lishga tayyor va yozda jamoani tark etishi mumkin. "Manchester Siti" va futbolchi yaqin orada muzokaralarni davom ettiradi.



Ortega "Siti"da 2022 yilning iyulidan buyon o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga etadi. 31 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol o'tkazib yuborgan va 2 ta o'yinda darvozani "quruq" saqlagan. Transfermarkt portali germaniyalik futbolchini 9 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal