"Manchester Siti" CHL uchun qaydnomani e'lon qildi. Unda Zinchenko bor, ammo Bravo yo'q

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 09:45
"Manchester Siti" matbuot xizmati Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun topshirilgan qaydnomani e'lon qildi.

Ro'yxatda yozda jamoani tark etishi kutilgan ukrainalik yarim himoyachi Aleksandr Zinchenko bor. Qaydnomaga avgust oyida jiddiy jarohat olgan Klaudio Bravo kiritilmadi.

"Manchester Siti"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qaydnomasi

Darvozabonlar: Ederson Moraes, Deniel Grimshou.

Himoyachilar: Kayl Uolker, Danilo, Vensan Kompani, Djon Stouns, Emerik Laport, Elyakim Mangala, Benjamen Mendi, Nikolas Otamendi.

Yarim himoyachilar: Aleksandr Zinchenko, Raxim Sterling, Ilkay Gyundogan, Kevin De Bryoyne, Fabian Delf, Leroy Zane, David Silva, Bernardu Silva, Fernandino, Riyad Marez.

Hujumchilar: Gabriel Jezus, Serxio Aguero.

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Shaxtyor", "Lion" va "Xoffenxaym"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia