“Manchester Siti” himoyachisi Aleksandr Zinchenko katta ehtimol bilan faoliyatini joriy mavsumni ham “shaharliklar” safida o'tkazadi.
“Siti” rahbariyati “Betis”ga Zinchenko transferi yuzasidan taklifiga rad javobini berdi. Angliya chempionlari ukrainalik 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashish fikridan qaytishgan. “Betis” Zinchenkoga 12 million evro taklif qilgandi.