“Manchester Siti” Bellingem uchun Grilishni sotib yuboradi

"Borussiya" Dortmund yulduzi Jud Bellingem uchun kurash davom etadi.

Angliya terma jamoasi va "Borussiya" Dortmundning yosh yulduzi Jud Bellingemni qo'lga kiritish uchun Yevropaning bir qator top-klublari jiddiy raqobatga kirishgan. Bu kurash yanvarda yanada alangalanishi tabiiy. 19 yoshli futbolchiga davogar klublar oldindan hammasini hal qilib qo'yishga intilmoqda.

Avvalroq "Liverpul"ning kelishuvga erishish borasida imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Endi "shaharliklar" angliyalik yosh iqtidor egasini o'ziniki qilish uchun va unga ketadigan ulkan transfer mablag'larini qoplash uchun jamoa a'zosi Jek Grilishdan voz kechishga tayyor ekanini bildirdi. Bu bilan APL chempionlari ishga jiddiy kirishganlarini ko'rsatmoqda. Ikkala futbolchi ham ayni paytda Qatarda Angliya termasi tarkibida harakatlanmoqda.

27 yoshli Jek Grilish joriy mavsum jami 16 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida "uch sherlar" tarkibida mundialda urilgan gol ham mavjud.


Manba: Football Insider