"Manchester Siti" APLning navbatdagi rekordini o'rnatdi

Оқил Абдубарноев
20 dek 2021, 00:24
"Manchester Siti" safarda "Nyukasl"ni mag'lub etib, joriy yil Premer-ligadagi 34-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, "shaharliklar" "Liverpul"ning deyarli 40 yil davom etgan rekordini yangiladi - 1982 yilda mersisaydliklar 33 uchrashuvda g'alaba qozonishgandi.

E'tiborlisi, Xosep Gvardiola shogirdlari o'z natijasini yaxshilash imkoniyatiga ega, chunki 31 dekabrga qadar jamoa "Lester" va "Brentford"ga qarshi to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports