Manchester Siti - Angliyada bu mavsum 100ta gol urgan ikkinchi klub
Narzulla Saydullayev
8 apr 2017, 23:41
Manchester Siti APL 32-turida Xallga qarshi o'yinda uchta gol urdi (3:1).
Shu tariqa, Manchester Siti bu mavsum barcha musobaqalarda 101ta gol urdi.
Manchester Siti APL klublari orasida bu marrani zabt etgan ikkinchi jamoa bo'ldi. Bunga qadar Arsenal yuzlik davonini bosib o'tgandi. London klubi hisobida ham 101ta gol bor.