"Manchester Siti" 32 yoshli himoyachi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019, 19:55
"Manchester Siti" "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, Angliya jamoasi uni Vensan Kompanining o'rnida o'ynatmoqchi. Manchesterliklar ayni damda "Lester"dan Garri Maguayrnig transferini eplay olishmayapti.

Shuningdek, Mauricio Sarri ham ayni damda unga ishonch bildirmayapti va u jamoani tark etishni istamoqda.

O'tgan mavsumda Bonuchchi "Yuventus" tarkibida 41 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun