Manchester derbisida samolyotga taqlid qilgan muxlis hibsga olindi

Оқил Абдубарноев
5 mar 2024
"Etihad" stadionida bo'lib o'tgan Manchester derbisida "Yunayted"ni masxara qilgan shaxs qo'lga olindi.

Manchester policiyasi "Manchester Siti"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvida (3:1) qo'llarini yozib, "Myunxen fojiasi"ni masxara qilganlikda gumonlangan shaxsni ushladi.

VIDEO

Xabar qilinishicha, qo'lga olingan kishi kecha shartli ravishda qo'yib yuborilgan.

Eslatib o'tamiz, 1958 yilgi Myunxendagi aviahalokatda 23 kishi, jumladan, "Manchester Yunayted"ning 8 nafar o'yinchisi halok bo'lgan. Tomoshabin esa derbida yutqazayotgan "qizil iblislar"ni halokatga uchrayotgan samolyotga qiyoslagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News