

30 yoshli Vaut Vegorst tez orada "Manchester Yunayted"ga kelib qo'shiladi.
"Foot Mercato" jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, mankunianlar "Byornli" va "Beshiktosh" bilan ijaraning barcha shartlarini kelishib oldilar. Niderlandiyalik futbolchi bir hafta ichida "Yunayted" ixtiyoriga yetib boradi.
Avvalroq hujumchini "Byornli"dan ijaraga olgan turk klubi uni Vensan Abubakar kelguniga qadar qo'yib yubormasligi haqida xabar berilgandi.
Vegorst Turkiya chempionatining 16 ta uchrashuvida 8 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani qayd etdi.



