

"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberganing so'zlariga ko'ra, PSJ xo'jayinlari Krishtianu Ronalduni jamoaga jalb qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Ayni paytda parijliklar rahbariyatida jamoani yoshartirish kerak, deb hisoblaydiganlar bor, 37 yoshli portugaliyalik esa bu falsafaga to'g'ri kelmaydi.
"Chelsi" xo'jayini Todd Boeli ham Krishtianuga qiziqish bildirmoqda.
Taxminlarga ko'ra, Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilishi va yanvarda erkin agent sifatida ketishi mumkin. Portugaliyalik shov-shuvli intervyu berdi, shundan so'ng uning "qizil iblislar" safini tark etishi deyarli aniq bo'lib qoldi.



