

"Qizilqum"da vaziyat ancha chigal: futbolchilar, yani asosiy tarkib a'zolari rahbariyatga murabbiyni almashtirishni so'rashmoqda.
"Bilishimcha, rahbariyat futbolchilar va murabbiy orasidan Lazarevichni tanlagan.
Endilikda asosiy tarkibning yetakchi futbolchilari yozgi transfer oynasida jamoadan ketmoqchi.
Yangi kelgan futbolchilar va jamoaning yetakchilari serbiyalik murabbiy bilan ishlamoqchi emas. Rahbariyat esa futbolchilarni qo'yib yuborishni istamayapti.
"Paxtakor" bilan uchrashuvdan keyin jamoa kiyinish xonasida futbolchilar va rahbariyat o'rtasida yaxshigina tortishuv yuzaga kelgan.
Voqealar rivojini kuzatamiz", - deyiladi SHABAGOL telegram kanalida.



